AsosiyJamiyat

"Kuyov navkari", "ota ko'rdi", sep yoydi" marosimlarini o'tkazish to'xtatiladi

Oʻzbekistonda 2026–2030 yillar "Dolzarb ozik-ovqat xavfsizligi davri" deb eʼlon qilingani munosabati bilan toʻy-marosimlari belgilangan tartib asosida nazoratga olinadi.

'"Kuyov navkari", "ota ko'rdi", sep yoydi" marosimlarini o'tkazish to'xtatiladi'ning rasmi

Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 16 sentabrdagi 589-sonli qaroriga muvofiq, "Oqilona iste'mol" (Save Food) dasturi doirasida to‘ylar, marosimlar va oilaviy tadbirlarning o‘tkazilish tartibi belgilandi. Endilikda to‘y-marosimlar belgilangan tartib asosida nazoratga olinadi.

Ma'lum qilinishicha, 2026–2030 yillar "Dolzarb oziq-ovqat xavfsizligi davri" deb e'lon qilindi. Bu davrda ortiqcha isrofning oldini olish, aholiga yetarli va sifatli oziq-ovqat yetkazib berish choralami amalga oshiriladi.

Qarorga ko‘ra, to‘y va marosimlar 2019 yilda tasdiqlangan nizom asosida o‘tkaziladi. Oilaviy tadbirlarda — 200 nafargacha, osh marosimida — 250 nafargacha, qo‘shaloq to‘ylar va hasharlarda — 250–300 kishigacha mehmon qatnashishi mumkin.

Shuningdek, ortiqcha vaqt va xarajat talab qiladigan urf-odatlar "Quyov navkari", "ota ko‘rdi", "sep yoydi", "pul tarqatish", "mato ulashish" kabi marosimlarni o‘tkazish taqiqlanadi.

    Boshqa yangiliklar