AsosiyJamiyat

OTMga kirolmagan abiturientlar uchun qoʻshimcha qabul oʻtkaziladi

Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari vakant o‘rinlariga qo‘shimcha qabul 25 sentyabrdan 3 oktyabrgacha (shu kuni ham) amalga oshiriladi.

'OTMga kirolmagan abiturientlar uchun qoʻshimcha qabul oʻtkaziladi'ning rasmi

Oʻzbekiston OTMlariga kirolmagan abiturientlar uchun qoʻshimcha qabul-ochiladi. Unda 56,7 ball va undan yuqori natija koʻrsatgan, biroq talabalikka tavsiya etilmagan abiturientlar ishtirok etishi mumkin. Bu haqda Oliy taʼlim vazirligi xabar qildi.

Maʼlum qilinishicha, 2025/2026-oʻquv yili uchun qabul jarayonlari 25 sentyabrdan 3 oktyabrgacha (shu kuni ham) amalga oshiriladi. Unga koʻra, 2025-yilgi kirish imtihonlarida 56,7 ball va undan yuqori natija koʻrsatgan, biroq talabalikka tavsiya etilmagan, shu jumladan, roʻyxatdan oʻtishning ikkinchi bosqichida-oliy taʼlim tashkiloti va bakalavriat taʼlim yoʻnalishlarini tanlamagan abiturientlarga quyidagi imkoniyatlar yaratiladi:

Davlat oliy taʼlim tashkilotlarida qolgan vakant bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga tanlovda ishtirok etish uchun 2025 yil 25 sentyabrdan 3 oktyabrgacha (shu kuni ham) my.uzbmb.uz sayti orqali online

roʻyxatdan oʻtish imkoniyati yaratiladi;

roʻyxatdan oʻtgan abiturientlar toʻplagan ballari ketma-ketligiga qatʼiy rioya qilingan holda vakant oʻrinlarga bazaviy toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etiladi;

roʻyxatdan oʻtish jarayonida fanlar majmuasi mos boʻlgan bakalavriat yoʻnalishini tanlash imkoniyati beriladi;

Tanlov natijalari boʻyicha qaydnomalar 2025 yil 8 oktyabrgacha chop etilib, tegishli oliy taʼlim tashkilotlariga talabalikka qabul qilish boʻyicha hujjatlarni rasmiylashtirish uchun yetkaziladi.

Umumiy qabul parametrlarida vakant oʻrinlar qolgan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha maʼlumotlar Bilim va malakalarni baholash agentligining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Kelin uyini sotib yuborgan kuyov 9 yilga qamaldi'ning rasmi

    Jamiyat 21.11.2025 21:09

    Kelin uyini sotib yuborgan kuyov 9 yilga qamaldi

    Jinoiy ishlar bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tuman sudi Shahzod Rismatovga hukm o‘qidi.

    ''ning rasmi

    Jamiyat 21.11.2025 21:02

    ''ning rasmi

    Jamiyat 21.11.2025 19:31

    'Dollarning rasmiy kursi koʻtarildi'ning rasmi

    Jamiyat 21.11.2025 16:27

    Dollarning rasmiy kursi koʻtarildi

    Markaziy bank 24 noyabr kuni uchun belgilangan yangi valyuta kurslarini e'lon qilindi.

    'Toshkentning ifloslangan havosi tozalash boshlandi'ning rasmi

    Jamiyat 21.11.2025 15:41

    Toshkentning ifloslangan havosi tozalash boshlandi

    Havodagi PM2.5 va PM10 miqdori oshgan sharoitda yo'llarni namlash shahardagi ikkilamchi changlanishni qisqa vaqtda kamaytiruvchi eng tezkor choralardan biri hisoblanadi.

    'O‘zbekistonda turizm uchun yangi imtiyoz va subsidiyalar joriy etildi'ning rasmi

    Jamiyat 21.11.2025 13:18

    O‘zbekistonda turizm uchun yangi imtiyoz va subsidiyalar joriy etildi

    Turistlar oqimini ko'paytirish, xizmatlar sifatini oshirish va investitsiyalarni rag'batlantirishni ko'zda tutadi.