18 sentabr kuni soat 20:00 lar atrofida Toshkent shahri Yakkasaroy tumanidagi KXAY ko‘chasida YUTONG rusumli avtobus haydovchisi belgilangan joydan yo‘lni kesib o‘tayotgan piyodani urib yubordi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB YXHB rasmiy axborot berdi.
YXH oqibatida piyoda jabrlanib, unga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Toshkent shahar IIBB YXHB barcha haydovchi va piyodalardan yo‘l harakati qoidalariga qat’iy rioya qilishni, ayniqsa belgilangan o‘tish joylaridan va yer osti yo‘llaridan foydalanishni so‘rab qolgan.