Xitoyning janubi-sharqida ikki yoshli bolasi onasining kutilmagan o‘limi sabab bir necha kun davomida uyda yolg‘iz qolgan holda topildi. Bu haqda Zamon.uz xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, 28 yoshli Chjen Yu 17 avgust kuni o‘z uyida vafot etgan. Uning ikki yoshli farzandi – Myanmyan ismli bolasi onasining jasadi yonida bir necha kun davomida mustaqil yashashga majbur bo‘lgan. Bola murabbiy, shirinliklar va sabzavot bo‘laklari bilan oziklangan.
Hodisa marhumaning dugonasi uning bilan uzoq vaqt bog‘lana olmaganidan so‘ng politsiyaga murojaat qilishi natijasida ochilgan. Huquq-tartibot organlari xonaga kirganida Chjenning jasadi va qarovsiz holatdagi bola topilgan. Qo‘shnilaridan biri bolani uyiga olib kirib, parvarish qilgan hamda shifoxonaga yetkazgan. Shifokorlar bolaning sog‘ligi xavf ostida emasligini ma’lum qilgan.
Chjen Yu yolg‘iz ona bo‘lib, og‘ir turmush sharoida yashagani aytilmoqda. U uch farzandning onasi bo‘lgan, biroq faqat eng kichik farzandi – Myanmyan uning qaramo‘g‘ida yashagan. Chjenning sog‘ligi bilan bog‘liq muammolari bo‘lgani, turli davolanish jarayonlari haqida u ijtimoiy tarmoqlarda yozib borgan.