AsosiyDunyo

BMT Bosh Assambleyasi yig‘ilishiga taʼsir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan elektron qurilmalar tarmo‘g‘i yo‘q qilindi

Tergov davomida bir necha joyda 300 dan ortiq birgalikda joylashtirilgan SIM-serverlar va 100 mingta SIM-karta aniqlandi.

'BMT Bosh Assambleyasi yig‘ilishiga taʼsir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan elektron qurilmalar tarmo‘g‘i yo‘q qilindi'ning rasmi

AQSh Maxfiy xizmati Nyu-Yorkda mobil aloqa ishiga xalaqit berish va BMT Bosh Assambleyasi yig‘ilishiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan elektron qurilmalar tarmog‘ini yo‘q qildi. Bu haqda xizmatning press-relizida aytilgan.

“Maxfiylikni himoya qilishga qaratilgan ushu tergov davomida bir necha joyda 300 dan ortiq birgalikda joylashtirilgan SIM-serverlar va 100 mingta SIM-karta aniqlandi”, — deyiladi hujjatda.

Ma’lum qilinishicha, bu qurilmalar anonim tahdidlarni yuborishda, shuningdek, “telekommunikatsion hujumlarning keng doirasida”, jumladan, aloqa minoralarini ishdan chiqarishda foydalanilishi mumkin bo‘lgan. Bundan tashqari, mazkur qurilmalar yovuz niyatli shaxslarga muzokaralarda anonimlikni ta’minlab bergan. 

Hujjatda, shuningdek, ushbu qurilmalar ayni paytda BMT Bosh Assambleyasining 80-sessiyasi o‘tkazilayotgan BMT shtab-kvartirasidan taxminan 55 km radiusda joylashtirilgani qayd etilgan. Xizmat “vaqt, joy va Nyu-York telekommunikatsiya tarmog‘i ishining jiddiy buzilish ehtimolini hisobga olib”, tarmoqni o‘chirish bo‘yicha tezkor chorakorlarni ko‘rgan. 

AQSh Ichki xavfsizlik vazirligi va Maxfiy xizmat tergovni davom ettirmoqda, gumonlanuvchilarning qo‘lga olingani haqida xabar berilmagan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Dunyo Bugun 16:11

    ''ning rasmi

    Dunyo Bugun 13:46

    '"Biz Grenlandiyani himoya qilishimiz kerak" — Tramp'ning rasmi

    Dunyo 10.01.2026 15:40

    "Biz Grenlandiyani himoya qilishimiz kerak" — Tramp

    AQSh prezidenti Donald Trump Grenlandiyani Rossiya yoki Xitoy tomonidan bosib olinishining oldini olish uchun Qo'shma Shtatlar unga egalik qilishi kerakligini aytdi.

    'Afg‘onistonda urushdan qolgan snaryadlar tinch aholi hayotiga xavf solmoqda'ning rasmi

    Dunyo 10.01.2026 13:40

    Afg‘onistonda urushdan qolgan snaryadlar tinch aholi hayotiga xavf solmoqda

    Har oy o‘rtacha 55 kishi urushdan qolgan portlovchi buyumlar tufayli halok bo‘lmoqda.

    'Dubay naqd puldan voz kechmoqchi'ning rasmi

    Dunyo 10.01.2026 10:19

    Dubay naqd puldan voz kechmoqchi

    Жорий йилнинг охирига келиб Дубайдаги молиявий операцияларининг 90 фоизи рақамли шаклда амалга оширилади.

    'Turkiya havo qatnovi boʻyicha tarixiy rekordini yangiladi'ning rasmi

    Dunyo 10.01.2026 07:12

    Turkiya havo qatnovi boʻyicha tarixiy rekordini yangiladi

    2025 yilda Turkiya aeroportlari qariyb 250 million yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatdi.