AsosiyDunyo

AQShda terapevtik robot ishga tushirildi

Robinning asosiy vazifasi bemorlarga davolanish davrida ruhiy va madaniy yordam berish.

'AQShda terapevtik robot ishga tushirildi'ning rasmi

Qo‘shma Shtatlardagi sog‘liqni saqlash muassasalari yosh va keksa bemorlarga qulaylik yaratish uchun robotlardan foydalanmoqda. Bu haqda “Euronews” xabar berdi.

Bildirilishicha, uning tanasi uchburchak shaklda silliq qilib ishlangan ushbu robotning bo‘yi 1,2 metrni tashkil qiladi. U aynan quchoqlash uchun mo‘ljallangan. Robinning ovozi xuddi 7 yoshli qizchaning ovoziga o‘xshaydi.

Robot ishlab chiqaruvchilarining fikricha, Robin asosan og‘riqli protseduralarga duch keladigan uzoq muddatli parvarishdagi bolalarga ruhiy yordam beradi.

“Robinning asosiy vazifasi bemorlarga davolanish davrida ruhiy va madaniy ko‘mak berishdir”, deydi —“Exper” texnologiyalari bosh direktori. 

Shuningdek, ushbu robot keksa bemorlarga ham xizmat ko‘rsatadi. Robin ularga “nabira”dek g‘amxo‘rlik qiladi. Qariyalar uylarida esa demansiya bilan og‘rigan odamlar bilan xotira o‘yinlarini o‘ynaydi.

    Boshqa yangiliklar