New-Yorkdagi suhbatda ikki davlat manfaatlariini rivojlantirish bo‘yicha aniq choralar kelishib olindi.
BMT Bosh Assambleyasining 80-yubiley sessiyasi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Iordaniya Podshohi Abdulla II ibn al-Husayn bilan navbatdagi uchrashuvni o‘tkazdi.
Muzokaralar davomida joriy yil avgust oyida Iordaniya Podshohining O‘zbekistonga amalga oshirgan rasmiy tashrifi chog‘ida erishilgan kelishuvlarning amalij ijrosi muhokama qilindi.
Ikki davlat yetakchi kompaniyalari ishtirokidagi ustuvor investitsiya loyihalarini tez fursatda hayotga tatbiq etish uchun muvofiqlashtirilgan chora-tadbirlarni ko‘rish masalasiga alohida e‘tibor qaratildi.