AsosiyJamiyat

Surxondaryoda 15 yoshli qizga uylangan erkakga jinoyat ishi qoʻzgʻatildi

Mazkur holat yuzasidan bolalar ombudsmani xabar berdi.

'Surxondaryoda 15 yoshli qizga uylangan erkakga jinoyat ishi qoʻzgʻatildi'ning rasmi

Avvalroq, Surxondaryo viloyatida voyaga yetmagan 15 yoshli qiz turmushga berilgani haqida xabar qilingan edi. Bu haqda Bolalar ombudsmani xabar berdi.

Bildirilishicha, joriy yilning 8 iyul kuni Denov tumanida yashovchi 1958 yilda tug‘ilgan ayol voyaga yetmagan nabirasini 1997 yilda tug‘ilgan M.R.ga turmushga berish marosimini tashkil qilgan. Qiz voyaga yetmaganligi sababli nikoh qonunda ko‘rsatilgan tarzda qayd etilmagan bo‘lsada 1950 yilda fuqaro ularga moddiy manfaat evaziga shariy nikoh marosimini o‘tkazgan.

Mazkur holat yuzasidan joriy yilning 22 sentyabr kuni fuqaro I.M.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 125-1-moddasi (nikoh yoshi to‘g‘risidagi qonunchilikni yoki nikoh tuzish tartibini buzish), fuqaro M.R.ga nisbatan esa Jinoyat kodeksining 128-moddasi (o‘n olti yoshga to‘lmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda jinoyat ishi yuzasidan dastlabki tergov harakatlari Denov tuman IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan olib borilmoqda.

“Bolalar ombudsmani voyaga yetmaganlar bilan bog‘liq har qanday erta nikoh holatlarini qoralaydi va bunday holat bola huquqlarini jiddiy buzilishi hisoblanishi hamda qonunda belgilangan tegishli ma’muriy va jinoyiy javobgarlikka sabab bo‘lishi haqida eslatadi”, — deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar