AsosiyDunyo

Fuqaro qamoqda bemalol yashash uchun jinoyat sodir etdi

U o'z harakatlarini ozodlikdan mahrum etish joylarida bepul oziq-ovqat va kiyim-kechak bilan ta'minlanish istagi, hozir doimiy yashash joyiga ega emasligi bilan izohlagan.

'Fuqaro qamoqda bemalol yashash uchun jinoyat sodir etdi'ning rasmi

Qozogʻistonning Oqmula viloyatida terakt haqida uchinchi marta yolgʻon xabar bergan erkak sudlandi. Maʼlum boʻlishicha, u bu ishni yana koloniyaga tushish uchun ataylab qilgan.

Arshalin tuman sudi terrorchilik harakatlari haqida bila turib yolgʻon xabar bergani uchun ilgari ikki marta sudlangan choʻponga nisbatan jinoyat ishini koʻrib chiqdi. 2025 yil avgust oyida u 112 raqamiga qoʻngʻiroq qilib, goʻyoki Ostonadagi avtovokzalga bomba qoʻyilganini aytgan edi. Favqulodda xizmatlar voqea joyiga yetib bordi, biroq xabar tasdiqlanmadi.

«Suddа M. aybiga iqror boʻldi va oʻz harakatlarini ozodlikdan mahrum etish joylarida bepul oziq-ovqat va kiyim-kechak bilan taʼminlanish istagi, hozir doimiy yashash joyiga ega emasligi bilan izohladi», deyiladi xabarda.

Sud erkak ilgari ham shunga oʻxshash jinoyatlar uchun javobgarlikka tortilgani, ammo tegishli xulosa chiqarmaganini inobatga oldi. Unga ikki yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Dunyo Bugun 19:35

    'Isroillik olimlar qarishni sekinlashtiruvchi immun hujayrasini topdi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 17:09

    Isroillik olimlar qarishni sekinlashtiruvchi immun hujayrasini topdi

    Tadqiqotchilar organizmda qarigan hujayralarni aniklab, yo‘q qilishga yordam beradigan CD4-Eomes Hujayrasini kashf qildi.

    'Zelenskiy AQSh bilan yangi tinchlik rejasi ustida ishlashga rozi boʻldi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 14:31

    Zelenskiy AQSh bilan yangi tinchlik rejasi ustida ishlashga rozi boʻldi

    Ukraina prezidenti V. Zelenskiy AQSh armiyasi vakili bilan uchrashuvda urushni yakunlash bo‘yicha rejani tezroq imzolashga kelishib oldi.

    'Kim Chen In Kangvondagi yangi GESni ishga tushirdi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 10:35

    Kim Chen In Kangvondagi yangi GESni ishga tushirdi

    Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In Kanvon provinsiyasida barpo etilgan "Armiya va xalq" nomli yangi gidroelektr stansiyasining ochilish marosimida ishtirok etdi.

    'Trump "qora shahzoda"dan yana 1,5 trln dollar soʻradi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 09:33

    Trump "qora shahzoda"dan yana 1,5 trln dollar soʻradi

    AQSh prezidenti Saudiya investitsiyalarini keskin oshirish taklifini bildirdi.

    ''ning rasmi

    Dunyo 20.11.2025 19:30