AsosiyDUNYO

Turkiyalik xonanda Gul Tut balkondan tushib ketib vafot etdi.

Gullu taxallusi bilan tanilgan mashhur xonanda 51 yoshda bo‘lgan.

Bugun, 26 sentabrgacha o‘tar kechasi Gullu taxallusi bilan tanilgan turkiyalik mashhur xonanda Gul Tut uyining balkonidan tushib ketib, 51 yoshida vafot etdi. Bu haqda NTV xabar berdi.

Bildirilishicha, xonanda ko‘p qavatli uyning 5-qavatidagi xonadon balkonida qizi va uning dugonasi bilan musika chalayotgan paytda u yerdan tushib ketgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda xonandaning o‘z joniga qasd qilgani haqida mish-mishlar tarqaldi. Biroq qo‘shiqchining o‘g‘li Tug‘berk Gulter buni rad etib, onasi baxtsiz hodisa oqibatida vafot etganini ma’lum qilgan.

“Bu xabarni qayg‘u bilan e’lon qilyapman. Bugun tunda fojiali baxtsiz hodisada onam, hurmatli san’atkor Gulluni yo‘qotdik. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan o‘z joniga qasd qilish haqidagi mish-mishlar yolg‘on”, — deydi xonandaning o‘g‘li.

Chinarjik tumani politsiya bo‘limi hodisa yuzasidan tergov boshlanganini ma’lum qilgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Putin Zelenskiyning xatini o‘qiganini ma’lum qildi'ning rasmi

    DUNYO 05.06.2026 16:38

    Putin Zelenskiyning xatini o‘qiganini ma’lum qildi

    Putinning aytishicha, mazkur xatni unga Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ko‘rsatgan.

    ''ning rasmi

    DUNYO 05.06.2026 10:56

    ''ning rasmi

    DUNYO 05.06.2026 10:36

    'Si Szinpin yetti yildan so‘ng ilk bor Shimoliy Koreyaga tashrif buyuradi'ning rasmi

    DUNYO 05.06.2026 05:55

    Si Szinpin yetti yildan so‘ng ilk bor Shimoliy Koreyaga tashrif buyuradi

    Qayd etilishicha, bu tashrif Si Szinpinning 2019-yildan buyon Pxenyanga amalga oshirayotgan ilk tashrifi hisoblanadi.

    'AQSh Vakillar palatasi Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalarni ma’qulladi'ning rasmi

    DUNYO 05.06.2026 05:44

    AQSh Vakillar palatasi Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalarni ma’qulladi

    Qonun loyihasi kuchga kirishi uchun uni Kongressning yuqori palatasi — Senat ham ma’qullashi lozim.

    'Kongoda Ebolaga chalingan 11 bemor izolyatordan qochib ketdi'ning rasmi

    DUNYO 04.06.2026 04:24

    Kongoda Ebolaga chalingan 11 bemor izolyatordan qochib ketdi

    Mazkur hudud Ebola virusi tarqalishining asosiy o‘choqlaridan biri hisoblanadi.