AsosiyJamiyat

Bugun O‘zbekistonda bulutli va o‘zgaruvchan ob-havo kuzatiladi

28 sentabr kungi ob-havo ma'lumotlari e'lon qilindi.

'Bugun O‘zbekistonda bulutli va o‘zgaruvchan ob-havo kuzatiladi'ning rasmi

“O‘zgidromet” ma’lumotiga ko‘ra, 28 sentyabr kuni Toshkent, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo, Surxondaryo hamda Farg‘ona vodiysi viloyatlarida havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Tog‘li hududlarda ham havo yog‘insiz bo‘ladi.

Qoraqalpog‘istonda esa ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Xorazm viloyatida esa chang-to‘zonlari kuzatilishi ehtimoli bor.

Shamol asosan sharqdan esadi, tezligi 3–12 m/s, ba’zi hududlarda esa 13–18 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Kechasi havo harorati respublika bo‘yicha 10–19 daraja iliq, tog‘li hududlarda 10–15 daraja iliq bo‘ladi. Kunduzi Toshkentda 28–30 daraja, Samarqand, Jizzax va Sirdaryoda 26–31 daraja, Farg‘ona vodiysida 26–31 daraja, Qashqadaryo va Surxondaryoda 28–33 daraja, Buxoro va Navoiyda 27–32 daraja, Xorazmda 23–28 daraja, Qoraqalpog‘istonda 20–25 daraja iliq bo‘lishi kutilmog‘da. Tog‘li hududlarda esa 20–25 daraja iliq bo‘ladi.

    Boshqa yangiliklar