Toshkent viloyati Chinoz tumanida poezd vagonlari rel’sdan chiqib ketdi. Bu haqda “O‘zbekiston temir yo‘llari" xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 27 sentyabr kuni soat 21:30 da Chinoz tumani “Rasulobod” MFY, Olmazor stansiyasi hududidagi Jizzax-Toshkent tovar poezdining sut yog‘lari ortilgan ikkita vagoni rel’sdan chiqib ketgan.
Hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘q.
Voqea joyiga tuman FVB rahbariyati, TBX navbatchi smenasi va tegishli xizmatlar jalb etilgan. Holat bo‘yicha surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Hozirda poezd harakati to‘liq tiklangan.