AsosiyJamiyat

Qidiruvda bo‘lgan 3 nafar o‘zbekistonlik Turkiyada ushlandi

Ular Turkiyadan O'zbekistonga deportatsiya qilindi.

'Qidiruvda bo‘lgan 3 nafar o‘zbekistonlik Turkiyada ushlandi'ning rasmi

Turkiya va O‘zbekiston Ichki ishlar vazirliklari hamkorligida o‘tkazilgan kompleks tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida firibgarlik jinoyatini sodir etganlikda ayblanib, qidiruvda bo‘lgan Sh.M. O‘zbekiston Respublikasiga deportatsiya qilindi. Bu haqda Bosh konsulxona xabar berdi. 

Unga ko‘ra, ushbu shaxsning harakatlaridan jabrlangan fuqarolardan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga yoki uning hududiy bo‘linmalariga, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasiga murojaat qilish so‘ralmoqda.

Shu bilan bir qatorda, soliq yoki yig‘imlarni to‘lashdan bo‘yin tovlagan va bojxona qonunchiligini buzish bilan bog‘liq jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanib qidiruvda bo‘lgan 2 nafar shaxs (X.Barotov va S.Xolov) ham qo‘lga olinib, O‘zbekiston tergov organlariga topshirildi.

Jinoyat javobgarligidan qochib xorijiy davlatlarda, jumladan, Turkiyada yashirinib yurgan har bir shaxsga nisbatan jinoyiy ta’qib izchil davom ettiriladi va javobgarlik prinsipi qat’iy ta’minlanadi, deyiladi xabarda. 

    Boshqa yangiliklar