Bugun, 30 sentyabr, barcha xodimlar ish joyini odatdagidan bir soat avval tark etishlari mumkin. Bu mehnat qonunchiligida belgilab qo‘yilgan.
O‘zbekiston Mehnat kodeksining 187-moddasiga ko‘ra, bayram oldidan bir kunlik ish kuni kamida bir soatga qisqartiriladi. Shu munosabat bilan bugun, 30-sentyabr kuni, barcha tashkilot va korxonalarda xodimlar ishni belgilangan vaqtdan bir soat oldin tugatish huquqiga ega.
Eslatib o‘tamiz, ertaga — 1 oktyabr, chorshanba kuni, O‘qituvchi va murabbiylar kuni nishonlanadi va dam olish kuni hisoblanadi.