Toshkent metropolitenining O‘zbekiston mustaqilligining 30 yilligi yo‘nalishidagi yopilgan bekatlar 2025 yil 18 oktabrdan boshlab yana yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsata boshlaydi. Bu haqda “Toshkent metropoliteni” matbuot xizmasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, bekatlar rejali profilaktik ishlar sababli yopilgan bo‘lib, hozirda ushbu ishlar yakuniy bosqichga kirgan. Sinov tariqasida yo‘lovchilarsiz poezdlar harakati amalga oshiriladi va muvaffaqiyatli o‘tgach, yo‘nalish to‘liq qayta ishga tushadi.
Eslatib o‘tamiz, “Texnopark”—“Yangiobod” bekatlari oralig‘ida 2 avgustdan boshlab harakat vaqtincha to‘xtatilgan edi. Shu davr mobaynida yo‘lovchilar uchun “Texnopark”—“Qipchoq”—“Texnopark” oralig‘ida bepul metrobuslar harakati yo‘lga qo‘yilgan.






