Toshkent shahri, Olmazor tumanidagi "Olmazor City" turar joy majmuasida yana bir fojiali hodisa yuz berdi — erkak ko‘p qavatli uyning 10-qavatidan qulab tushib, halok bo‘ldi.
Voqea tafsilotlari hozircha aniqlashtirilmokda. Guvohlarning aytishicha, bu holat kechki vaqtda sodir bo‘lgan.
Ayni paytda tegishli xizmatlar hodisa joyiga etib borgan, ammo rasmiy organlar hali bu borada izoh bergani yo‘q.