"Oila va gender" ilmiy-tadqiqot instituti o‘tkazgan tadqiqotga ko‘ra, mamlakatta umumiy baxtlilik indeksi so‘nggi ikki yilda barqaror o‘sib, 2023 yildagi +0,56 balldan 2025 yilda +0,611 ballga yetdi.
Eng yuqori ko‘rsatkichlar:
– demografik barqarorlik – +0,833
– oilaviy qadriyatlar – +0,791
– oilaviy hayotdan qoniqish – +0,734
Mutaxassislar oila bahtining asosiy omillarini barqaror qadriyatlar, samimiy munosabatlar va iqtisodiy farovonlik deb baholamoqda.
Ularining fikricha, yosh oilalarni uy-joy bilan ta’minlash va xotin-qizlarga keng imkoniyatlar yaratish indeksni yanada oshirishi mumkin.