O‘zbekistonda 1 noyabrdan avtomobillarga gaz uskunalarini o‘rnatish tartibi soddalashtiriladi, deb xabar bermoqda IIV Yo‘XXBB matbuot xizmati.
Ma’lum qilinishicha, gaz ballon o‘rnatilgandan so‘ng, avtomobil egalariga transport vositasini ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi guvohnomani o‘zgartirish talab etilmaydi - ma’lumotlar elektron tizimga kiritiladi.
Gaz ballonlarini o‘rnatishda texnik pasportni qayta rasmiylashtirishni bekor qilish prezidentning "Hududlar, tarmoqlar va sohalarda raqamli texnologiyalarni joriy etishni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarorida nazarda tutilgan.