AQShning Missuri shtatida politsiya avtomobillarga ommaiviy shikast yetkazishda gumonlanayotgan 19 yoshli talaba Rayan Sheferni qo‘lga olddi. Springfild politsiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, voqeadan so‘ng yigit darhol ChatGPT bilan yozishmalarda o‘z qilmishini tan olgan. Bundan tashqari u vandalizm uchun javobgarlikdan qanday qutulish mumkinligi haqida so‘ragan, deya xabar bermoqda.
Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, tunda soat uchlar atrofida Shefer 17 ta mashinaning oynalarini sindirgan, ko‘zgularini yulib tashlagan, kapotlariga zarar yetkazgan va oyna tozalagichlarini buzgan. Kuzatuv kameralari yozuvlari ko‘rsatilganda, u videodagi gumonlanuvchi bilan o‘zaro “o‘xshashlikni sezganini” aytgan, shundan so‘ng iPhone’ini tekshirishga rozi bo‘lgan.
Smartfon ma’lumotlari tahlili Sheferning voqea joyida bo‘lganini tasdiqlagan. Bundan tashqari, chat-bot bilan yozishmalarda u sodir etgan harakatlarini tan olgan va shunday holat ilgari ham jazosiz qolganini ta’kidlagan. Muloqot davomida uning xatti-harakatlari tajovuzkorlikdan hotirjamlikka o‘zgargan, ammo yozishmalarda boshqa odamlarga tahdidlar ham qayd etilgan.
Talaba hibsga olinib, mulkka qasddan zarar yetkazganlikda ayblanmoqda. Sud uni qamoqqa olishga, ozodlikka chiqqandan so‘ng esa spirtli ichimliklar sotiladigan do‘konlarga kirishini cheklashga, tanlab olingan testlar orqali alkogol’ va taqiqlangan moddalar iste’molini tekshirishga, shuningdek, joylashuvini kuzatish uchun elektron qurilma taqib yurishga majbur qilishga qaror qilgan.