Bugun, 3 oktyabr kuni Ijtimoiy himoya milliy agentligi Toshkentdagi kollejda aʻyovsiz kaltaklangan nogiron yigit haqida batafsil, rasmiy munosabat bildirdi.
Avvalroʻq xabar berganimizdek, Toshkent shahridagi imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashgan maxsus kasb-hunar texnikumida taʻlim olayotgan oʻquvchiga nisbatan zoʻravonlik holati anqilangan edi.
Mazkur holat Ijtimoiy himoya milliy agentligi nazoratga olib, tuman prokuraturasi, tuman Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan atroflicha oʻrganilGAN. Aniqlanishicha, voqea ikki nafar voyaga yetmagan oʻquvchi oʻrtasidagi kelishmovchilik tufayli yuz bergan va jabrlanuvchiga unga xonadosh boʻlgan kursdoshi tan jarohati yetkazgan.
Hozirgi vaqtda jabrlangan bolaga zaruriy tibbiy yordam koʻrsatilmogda va u Ijtimoiy himoya milliy agentligi nazoratiga olingan.
Shuningdek, nazoratni taʻminlamagan va bunday holatga yoʻl qoʻygan muassasa masʻullariga nisbatan qonuniy baho berilib, tegishli choralar koʻrilm