AsosiyJamiyat

Farg‘onada soliqchi 30 ming AQSH dollari bilan ushlanadi

Бу маблағ эвазига у 48 сотих ерни юқори ташкилотдаги танишлари ёрдамида фуқаро номига расмийлаштириб бермоқчи бўлган.

'Farg‘onada soliqchi 30 ming AQSH dollari bilan ushlanadi'ning rasmi

Farg‘ona viloyati Davlat soliq boshqarmasining tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash – xizmat ko‘rsatish bo‘limi katta inspektori o‘z ukasiga 2023 yilda Farg‘ona tumani hududidan elektron auktsion orqali 30 yil muddatga ijara asosida berilgan, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan 48 sotix yer maydonini yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali xaridor nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 30 000 AQSh dollari talab qiladi. Bu haqda DXX axborot xizmati xabar berdi.

Davlat xavfsizlik xizmati hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida soliq idorasi xodimi ushbu pul mablag‘ini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 25,168-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar