Falastinning HAMAS guruhi Donald Trumpning tinchlik rejasi doirasida isroillik garovga olinganlarni ozod qilishga rozi bo'lganidan bir kun o'tib, Isroil bosh vaziri bu bir necha kun ichida amalga oshirishiga va'da berdi. Biroq kuzatuvchilarning qayd etishicha, Hamas Trumpning rejasini to'liq qabul qilmagan va Isroil shanba kuni ham G'azo sektoriga zarba berishda davom etgan. Yaqin Sharqdagi mojaroda hozir nima bo'lmogda?
Shanba kuni kechqurun Netanyaxu isroilliklarga murojaat qilib, garovga olinganlarni ozod qilishning barcha tafsilotlarini kelishib olish uchun Misrga muzokaralar guruhini yuborayotganini e'lon qildi.
"Men muzokarachilar guruhiga texnik tafsilotlarni yakunlash uchun Misrga borishni buyurdim. Bizning niyatimiz muzokaralarni bir necha kun bilan cheklash", - dedi Isroil bosh vaziri.
Juma kuni kechqurun HAMAS G'azo sektoridagi barcha isroillik asirlarni qaytarish, jumladan, tirik garovga olinganlarni ozod qilish va o'liklarning qoldiqlarini qaytarishga rozi bo'lganini e'lon qildi.
Ma'lumotlarga ko'ra, qurolli guruh hali ham Falastin hududida 48 kishini garovda ushlab turibdi, ulardan atigi 20 nafiri tirik ekanligi taxmin qilinmoqda.