AsosiyJamiyat

Sirdaryoda hokim o‘rinbosari, Navoiyda hokim yordamchisi pora bilan qo‘lga tushdi

"Uddaburon" mansabdorlarga nisbatan jinoyat ishi koʻzgatilib, tergov harakatlari boshlandi.

'Sirdaryoda hokim o‘rinbosari, Navoiyda hokim yordamchisi pora bilan qo‘lga tushdi'ning rasmi

Sirdaryo viloyati Xovos tumani hokimi o‘rinbosari hamda viloyat investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasining tuman bo‘limi mutaxassisi o‘zaro til birlashtirib, noqonuniy boylik ortirishni maqsad qilishdi.

Ular, tasarrufida 452 gektar yer maydoni bo‘lgan chorvachilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jalikni kelgusi yil sholi yetishtirish taqsimotiga kiritish, eksport rejasi bajarilganligini tasdiqlash, taqsimotsiz sholi yetishtirgan holatiga nisbatan chora ko‘rmaslik, shuningdek, go‘yoki Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan tumandagi fermer xo‘jaliklari faoliyati bo‘yicha o‘tkazilayotgan tekshiruvda uni himoya qilish evaziga xo‘jalik rahbiridan joriy yilning iyun oyida 10 ming AQSh dollarini olishdi.

Keyinroq esa hokimi o‘rinbosari yer maydonini davlat zahirasiga olib qo‘yish va fermer xo‘jalik rahbariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atish bilan tahdid qilib, qo‘shimcha 20 ming AQSh dollarini talab qildi.

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Prokuratura organlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, hokim o‘rinbosari so‘ralgan pul mablag‘idan 10 ming AQSh dollarini o‘zining hamtavof bo‘lgan mutaxassis orqali olgan vaqtida ularning noqonuniy harakatlariga chek qo‘yildi.

Hozirda hokim o‘rinbosari hamda viloyat investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasining tuman bo‘limi mutaxassisiga nisbatan Jinoyat Kodeksining 165-moddasi 3-qismi "a" bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, "qamoq" ehtiyot chorasi qo‘llandi.

Navoiy viloyatida kuzatilgan holatda esa Karmana tumanidagi mahalla fuqarolar yig‘inlaridan birida tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va qashshoqlikni qisqartirish masalalariga mas’ul bo‘lgan hokim yordamchisi noqonuniy ravishda 40 mln so‘m olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Aniqlanishicha, hokim yordamchisi xizmat mavqeidan foydalangan holda o‘zganing ishonchiga kirib, 2024 yilda boshqa bir fuqaroga ijaraga berilgan M-37 avtomobil yo‘li yoqasidagi 12 kv.m yer maydonini uning nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 100 mln so‘m talab qilgan.

Hozirda hokim yordamchisiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmogda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Angrenda yuk mashinasi va Matiz to‘qnashib, yongʼin chiqdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 10:48

    Angrenda yuk mashinasi va Matiz to‘qnashib, yongʼin chiqdi

    Toshkent viloyati FVB hodisa tafsilotlarini ochiqladi.

    'Jizzahda sifatsiz benzin sotayotgan AYQSh aniqlandi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:58

    Jizzahda sifatsiz benzin sotayotgan AYQSh aniqlandi

    AQShda sotilayotgan AI-92 benzin laboratoriyada tekshirilganda davlat standart talablariga mos kelmagan.

    'Bugun havo biroz sovidi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 08:35

    Bugun havo biroz sovidi

    5 oktyabr kungi ob-havo ma’lumotlari e’lon qilindi.

    'O‘zbekistonda ikki kun kuchli magnit bo‘roni kutilmoqda'ning rasmi

    Jamiyat 04.10.2025 22:04

    O‘zbekistonda ikki kun kuchli magnit bo‘roni kutilmoqda

    Mutaxassislar aholini ertalab va kunduzgi vaqtda qo‘shimcha ehtiyotkorlikka chaqirmoqda.

    'Samarqandda Tracker-2 piyodani urib yuborib, voqea joyidan qochib ketdi'ning rasmi

    Jamiyat 04.10.2025 19:51

    Samarqandda Tracker-2 piyodani urib yuborib, voqea joyidan qochib ketdi

    Viloyat rasmiylari holat yuzasidan ma’lumot berishdi. Unga ko‘ra...

    'O‘zbekistonda sentyabr oyida qariyb 81 mlrd so‘mlik "svet" va gaz talon-toroj qilindi'ning rasmi

    Jamiyat 04.10.2025 17:40

    O‘zbekistonda sentyabr oyida qariyb 81 mlrd so‘mlik "svet" va gaz talon-toroj qilindi

    Qoidabuzar iste'molchilarga chora koʻrish uchun tegishli hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.