Axios’ning yozishicha, HAMAS Trumpning G‘azo bo‘yicha tinchlik taklifini shartli ravishda qabul qilganidan so‘ng, AQSh prezidenti bu holatni “g‘alaba” deb baholagan.
So‘ng u Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu bilan telefon orqali gaplashgan.
Ammo Netanyahuning ehtiyotkor va sovuq javobidan ranjigan Trump unga:
“Nega sen doimo shunchalik salbiysan? Qabul qil, bo‘ldi!” — degan keskin javob qaytargan.