AsosiyJamiyat

Prezident Ismoil Jo‘rabekovning oila a’zolariga hamdardlik bildirdi

Davlat rahbari atoqli davlat va jamoat arbobi Ismoil Jo‘rabekov vafoti munosabati bilan marhumning xonadoniga tashrif buyurdi.

'Prezident Ismoil Jo‘rabekovning oila a’zolariga hamdardlik bildirdi'ning rasmi

O‘zbekiston Respublikasi suv xo‘jaligi vazirining maslahatchisi, uzoq yillar yurt rivoqi yo‘lida fidokorona xizmat qilgan Ismoil Jo‘rabekov 28 sentyabr kuni 94 yoshida vafot etdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun ta’ziya uyiga borib, marhumning Vatanga sadoqat bilan xizmat qilgan ezgu faoliyatini yodga oldi. Qur’on tilovati qilinib, marhumning ruhi shod etildi.

Ismoil Jo‘rabekov mehnat faoliyati davomida O‘zbekistonda suv xo‘jaligi tizimini rivojlantirishga katta hissa qo‘shgan. U 1985 yilda O‘zbekiston Vazirlar Kengashi raisining birinchi o‘rinbosari, keyinchalik Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari, Prezidentning davlat maslahatchisi kabi yuqori lavozimlarda ishlagan.

So‘nggi yillarda ham faoliyatdan chetda qolmagan Jo‘rabekov Yangi O‘zbekiston islohotlariga o‘z hissasini qo‘shishda davom etgan. U "O‘zbekiston Republikasida xizmat ko‘rsatgan irrigator" faxriy unvoni va boshqa davlat mukofotlari bilan taqdirlangan.

Prezident marhumning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-qaror tilab, ularning minnatdorlik so‘zlarini qabul qildi.

    Boshqa yangiliklar