AsosiyDunyo

Fransiyada yangi hukumat tuzildi

Xo'sh, uning tarkibi qanday?

'Fransiyada yangi hukumat tuzildi'ning rasmi

Emmuanel Makron boshchiligidagi Fransiyada siyosiy tanglik sharoitida yangi hukumat e'lon qilindi. Ko'plab vazirlar o'z lavozimlarini saqlab qoldi.

Fransiya prezidenti Emmuanel Makron 5 oktyabr kuni mamlakatda yangi hukumat shakllantirilganini e'lon qildi. Bu haqda France 24 xabar bermoqda.

Yangi hukumat bosh vaziri etib tayinlangan Sebastyan Lekornu Makronning yettinchi bosh vaziri bo'ldi. U parlamentdagi siyosiy keskinlik fonida muxolifat bosimiga duch kelishi mumkinligi aytilmoqda.

2017–2024 yillarda iqtisodiyot vaziri bo'lgan Bruno Le Mer endilikda mudofaa vazirligi lavozimini egallaydi. Iqtisodiyot vaziri sifatida esa Roland Leskyur tayinlangan.

Tashqi ishlar vaziri Jan-Noel Barro, ichki ishlar vaziri Bruno Retayo, adliya vaziri Jerald Darmanin va madaniyat vaziri Rashida Dati o'z lavozimlarida qoldi. Shunga qaramay, Rashida Dati 2026 yilda korruptsiya bo'yicha sudga tortilishi kutilmoqda.

Fransiyada hozirda siyosiy tanglik hukm surmoqda. Davlat xarajatlarini qisqartirish va ijtimoiy ta'minotdagi o'zgarishlarga qarshi noroziliklar kuchaygan. 2 oktyabr kuni butun mamlakat bo'ylab yuzlab shaharlarda ish tashlashlar o'tkazilib, Eyfel minorasi vaqtincha yopilgan edi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Dunyo Bugun 19:35

    'Isroillik olimlar qarishni sekinlashtiruvchi immun hujayrasini topdi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 17:09

    Isroillik olimlar qarishni sekinlashtiruvchi immun hujayrasini topdi

    Tadqiqotchilar organizmda qarigan hujayralarni aniklab, yo‘q qilishga yordam beradigan CD4-Eomes Hujayrasini kashf qildi.

    'Zelenskiy AQSh bilan yangi tinchlik rejasi ustida ishlashga rozi boʻldi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 14:31

    Zelenskiy AQSh bilan yangi tinchlik rejasi ustida ishlashga rozi boʻldi

    Ukraina prezidenti V. Zelenskiy AQSh armiyasi vakili bilan uchrashuvda urushni yakunlash bo‘yicha rejani tezroq imzolashga kelishib oldi.

    'Kim Chen In Kangvondagi yangi GESni ishga tushirdi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 10:35

    Kim Chen In Kangvondagi yangi GESni ishga tushirdi

    Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In Kanvon provinsiyasida barpo etilgan "Armiya va xalq" nomli yangi gidroelektr stansiyasining ochilish marosimida ishtirok etdi.

    'Trump "qora shahzoda"dan yana 1,5 trln dollar soʻradi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 09:33

    Trump "qora shahzoda"dan yana 1,5 trln dollar soʻradi

    AQSh prezidenti Saudiya investitsiyalarini keskin oshirish taklifini bildirdi.

    ''ning rasmi

    Dunyo 20.11.2025 19:30