AsosiySiyosat

Mirziyoyev Oʻzarbayjonga yetib bordi

Davlat rahbarini Gabala xalqaro aeroportida Ozarbayjon madaniyat vaziri Odil Karimli va Gabala tumani hokimiyati rahbari Sabuhi Abdullayev kutib oldi.

'Mirziyoyev Oʻzarbayjonga yetib bordi'ning rasmi

Bugun, 6 oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevning taklifiga binoan amaliy tashrif bilan ushbu mamlakatga yetib bordi. Bu haqda prezident matbuot kotibi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, davlat rahbarini Gabala xalqaro aeroportida Ozarbayjon madaniyat vaziri Odil Karimli, Gabala tumani ijro hokimiyati rahbari Sabuhi Abdullayev va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

Tashrif dasturiga muvofiq, davlatimiz rahbari ertaga, 7 oktyabr kuni Turkiy davlatlar tashkiloti sammitining rasmiy tadbirlarida ishtirok etadi.

    Boshqa yangiliklar