Bugungi kunda dunyodagi eng yuqori IQ egalari Los-Anjelesdagi Kaliforniya universiteti professori, 50 yoshli Terens Tao hisoblanadi.
Xabar berishlaricha, professorning IQ darajasi 230 ballni tashkil etadi. Shu bilan birga, ilgari qayd etilgan eng yuqori ko'rsatkichlar 200 dan 250 ballgacha bo'lgan.
"Matematika Motsarti" deb ataladigan Tao to'qqiz yoshida universitet darajasida matematik analizni o'rganishni boshladi va 16 yoshida Prinston universiteti aspiranturasiga o'qishga kirdi. 20 yoshida yigit Prinstonda doktorlik darajasini oldi, to'rt yildan so'ng professor bo'ldi.
Terens Tao matematika bo'yicha ko'plab nufuzli mukofotlar, jumladan, to'rt yilda bir marta topshiriladigan Filds medali sohibidir. 10 yoshida u Xalqaro matematika olimpiadasining (IMO) eng yosh ishtirokchisiga aylandi va bronza medalini qo'lga kiritdi - bu rekord hali hech kim tomonidan yangilanmagan.
Tao 18 ta kitob va 300 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi. Ben Grin bilan birgalikda u tub sonlardan istalgancha uzun arifmetik progressiyalar mavjudligi haqidagi teoremani isbotladi - bu sonlar nazariyasida matematika olamini larzaga solgan yangilik edi.