Bollivud yulduzi Shahrux Xon Hindiston tarixida birinchi boʻlib dollar milliardyeri maqomiga ega boʻldi. Bu haqda “Zamon.uz” nashri xabar berdi.
BBC va Hurun India Rich List 2025 maʼlumotlariga koʻra, 59 yoshli aktyorning boyligi 1,4 milliard dollarni tashkil etadi. Shu tariqa, u Bollivuddan chiqqan ilk milliarderlaridan biriga aylandi.
Reyting tuzuvchilar taʼkidlashicha, Xonning bu yutugʻi Hindiston iqtisodiyotining yangi yoʻnalishlarga — sport, koʻngilochar soha va intellektual mulk biznesiga faol kirib borayotganidan dalolat beradi.
Shahrux Xonning asosiy daromad manbalari Red Chillies Entertainment kinokompaniyasi, Knight Rider Sports kriket klubi, shuningdek, reklama shartnomalari va koʻchmas mulkka kiritilgan investitsiyalardir.
Hurun roʻyxatida qayd etilishicha, Xonning moliyaviy holati Arnold Shvartsenegger, Rianna, Teylor Svift va Tayger Vuds kabi mashhurlarning daromadlari bilan tenglashmoqda.