AsosiyJamiyat

Metro bekatida chaqaloq dunyoga keldi

Ayolga poezdlarni kutib olish va jo‘natish bo‘yicha navbatchi xodima farzandini sog‘-omon dunyoga keltirishiga yaqindan ko‘maklashgan.

'Metro bekatida chaqaloq dunyoga keldi'ning rasmi

Bugun, 6 oktyabr kuni Toshkent metropolitenining G‘afur G‘ulom bekatida chaqaloq dunyoga keldi. Bu haqda “Toshkent metropoliteni” DUK xabar berdi.  Ma’lum qilinishicha, poezdlarni kutib olish va jo‘natish bo‘yicha navbatchi xodima –M.N.ga xizmat davomida bekat o‘tish yo‘lagidagi ichki ishlar xodimi tomonidan yo‘lovchi ayolning holati bo‘yicha xabar berilgan.  Bir lahazada vaziyatni to‘g‘ri baholagan N.M. xizmat davomida o‘ziga o‘rgatilgan maxsus bilimlar va ko‘nikmalarni isga solgan holda birinchi yordam ko‘rsatib, voqea joyida ayolning farzandini sog‘-omon dunyoga keltirishiga yaqindan ko‘maklashgan hamda chaqaloq sog‘ligi uchun kerakli yordamlarni (kindik qismi bog‘lanib, yangi tug‘ilgan chaqaloq nafas olish refleksini faollashtirgan) ko‘rsatgan. Bu vaqt ichida tez yordam xizmati va ayolning yaqinlari chaqirilgan. Tibbiyot xodimlari yetib kelguniga qadar (taxminan 10 daqiqa) xodimlar ona va chaqaloq holatini nazorat ostida ushlab, ularning xavfsizligini ta’minlagan. Hozirda ona va chaqaloqning sog‘ligi yaxshi, ular shifoxonaga etkazilgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Bugun qanday ob-havo bo'ladi?'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 00:16

    Bugun qanday ob-havo bo'ladi?

    Respublikada harorat kechagidan biroz issiqroq bo‘ladi.

    ''ning rasmi

    Jamiyat 06.10.2025 21:02

    'Sport bilan shugʻullanadigan oʻzbekistonliklar statistikasi eʼlon qilindi'ning rasmi

    Jamiyat 06.10.2025 19:49

    Sport bilan shugʻullanadigan oʻzbekistonliklar statistikasi eʼlon qilindi

    Ko'rsatkichlar uy xo'jaliklarining tanlama kuzatuvlari asosida shakllantirilgan.

    'Prezident Ismoil Jo‘rabekovning oila a’zolariga hamdardlik bildirdi'ning rasmi

    Jamiyat 06.10.2025 13:06

    Prezident Ismoil Jo‘rabekovning oila a’zolariga hamdardlik bildirdi

    Davlat rahbari atoqli davlat va jamoat arbobi Ismoil Jo‘rabekov vafoti munosabati bilan marhumning xonadoniga tashrif buyurdi.

    'Andy murojaatlarni elektron tarzda berishingiz mumkin'ning rasmi

    Jamiyat 06.10.2025 10:48

    Andy murojaatlarni elektron tarzda berishingiz mumkin

    Xo'sh, ushbu platformning qanday afzalliklari bor?

    'Toshkent havo ifloslanishi bo‘yicha dunyoda yana 1 o‘ringa chiqdi'ning rasmi

    Jamiyat 06.10.2025 10:00

    Toshkent havo ifloslanishi bo‘yicha dunyoda yana 1 o‘ringa chiqdi

    22 sentabr kuni ham Toshkent shunga o'xshash anti-rekordni qayd etgan edi.