AsosiyJamiyat

Saida Mirziyoyeva Qoraqalpog‘istonga naga bordi?

Prezident Administratsiyasi rahbari Nukusda o‘tkazilayotgan tibbiy tashabbuslarda ishtirok etdi va mahalliy aholi salomatligi holati bilan tanishdi.

'Saida Mirziyoyeva Qoraqalpog‘istonga naga bordi?'ning rasmi

Saida Mirziyoyeva Telegram-kanali orqali ma'lum qilishicha, u Qoraqalpog‘istondagi umummilliy “Salomatlik marafoni” doirasida tashkil etilgan chora-tadbirlarda ishtirok etdi. Marafon doirasida Nukus shahridagi 12 ta oilaviy poliklinika hamda 3 ta jamoat maskanlarida aholi profilaktik ko‘rikdan o‘tkazilmogda. Shu bilan birga, bemorlarni yo‘naltirish va raqamlashtirish tizimi joriy etilgan.

“AI TOP-3 CDSS, MuxlisaMED AI, AI Mammo kabi sun'iy intellekt yechimlari orqali tibbiy xizmat yanada samarali va tezkor bo‘lmogda”, — deya ta'kidladi Mirziyoyeva.

Ma'lumotlarga ko‘ra, to‘rt kun ichida 12 mingga yaqin fuqaro ko‘rikdan o‘tgan, ulardan 1 700 nafari chuqur tekshiruvga jalb qilingan va 116 kishi davolanishga yo‘naltirilgan.

Saida Mirziyoyeva Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti bolalar jarrohligi bo‘limida kichik bemorlar bilan uchrashib, ularning jasoratidan katta taassurot olganini bildirgan. Shuningdek, hududda “Oilaviy salomatlik maktabi” va “Salomatlik volonterlari” kabi yangi loyihalar amalga oshirilmogda.

“Millat salomatligi – bu barchamiz elkama-elka bosib o‘tadigan umumiy yo‘limiz va mas’uliyatimizdir”, — deb yozadi Mirziyoyeva.

    Boshqa yangiliklar