AsosiyJamiyat

O'zbekistonda chet elliklar uchun maxsus soliq rejimi joriy etiladi

Mazkur rejam 2026 yildan boshlanishi aytilmoqda.

'O'zbekistonda chet elliklar uchun maxsus soliq rejimi joriy etiladi'ning rasmi

Yangi soliq tizimiga ko‘ra, 2026 yil 1 yanvardan boshlab chet elliklar muayyan shartlarga amal qilgan holda O‘zbekistondan tashqarida olgan daromadlari uchun daromad solig‘idan ozod etiladi.

Buning uchun: – 50 000 AQSh dollari miqdorida maxsus to‘lov to‘lash, – O‘zbekiston bankida hisob raqami ochish yoki litsenziyalangan kripto-birjada hamyon ochish talab etiladi.

Shuningdek, chet ellik fuqarolar O‘zbekistonda 12 oy davomida ketma-ket 30 kundan ortiq yashasa va uy-joyga egalik qilsa (yoki ijaraga olsa), ular mamlakatning soliq rezidenti sifatida tan olinadi.

Mazkur o‘zgarishlar O‘zbekistonni xorijiy investorlar va uzoq muddat yashashni rejalashtirganlar uchun yanada jozibador qilishni ko‘zlaydi.

    Boshqa yangiliklar