Saudiya Arabistoni Hoj va umra vazirligi mamlakating har qanday visasiga ega bo‘lganlarga umra ziyoratini ado etish imkoni berilganini ma’lum qildi. Bu haqda Gulf News xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, yangilik shaxsiy va oilaviy tashrif vizalari, tranzit, hamda ish vizalari, shuningdek, sayyohlik elektron vizalari uchun amal qiladi. Umra safarini osonlashtirish uchun “Nusuk Um” platformasi ham ishga tushirilgan. Ushbu platformaga tashrif buyurib, qulay paketni tanlash va vizani tezda olish mumkin.
Ushbu qaror ziyoratchilar uchun safarlarni soddalashtirish va kengroq imkoniyatlar yaratish borasidagi sa’y-harakatlar doirasida amalga oshirilmogda. Shu bilan birga, mamakat “Saudiya Vision 2030” dasturi maqsadlariga muvofiq ziyoratchilar uchun qulayliklar yaratishni davom ettirish niyatini bildirgan. Vazirlik shuningdek, “Nusuk Um” platformasi orqali Umra uchun ruhsatnomalarni elektron tarzda olish va xizmatlarni bron qilish imkoniyati yaratilganini qayd etgan.