AsosiyJamiyat

O‘zbekistonda Meta kompaniyasining ofisi ochilishi mumkin

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi bu haqda xabar berdi.

'O‘zbekistonda Meta kompaniyasining ofisi ochilishi mumkin'ning rasmi

O'zbekistonda Facebook, Instagram, WhatsApp va Threads kabı ilovalarga egalik qiluvchi Meta kompaniyasining ofisi ochilishi mumkin. Bu haqda Istıqbolllı loyıhalar milliy agentligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Istıqbolllı loyıhalar milliy agentligida Meta kompaniyasi vakılları bilan uchrashuv bo'lib o'tgan. Unda O'zbekistonda Meta vakolatxonasini ochish istiqbollari, reklamanı ilgarı surish va kompaniya platformalarida joylashtirishda firibgarlikning oldini olish bo'yicha hamkorlikni rivojlantirish, shuningdek, kontentni monetizatsiya qilish va mamlakattagi raqamli kontent yaratuvchilarini qo'llab-quvvatlash masalalari muhokama qilingan.

Uchrashuvda Meta vakılları orasida Janubiy va Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun davlat siyosati bo'yicha direktor Sarim Aziz, Markaziy Osiyo, Mo'g'uliston, Shri-Lanka va Maldiv orollari uchun davlat siyosati bo'yicha rahbar Senura Abeyvardena, Markaziy Osiyo, Gonkong va Tayvan bo'yicha hukumat bilan aloqalar va ijtimoiy tashabbuslar bo'yicha rahbar Aurora Li va Markaziy Osiyo va Mo'g'uliston uchun davlat siyosati bo'yicha mintaqaviy menajer Yerasil Kalihan bo'lgan.

Tomonlar raqamli platformalarni tartibga solish, foydalanuvchilarni himoya qilish va adolatli monetizatsiya tizimini rivojlantirish bo'yicha to'g'ridan-to'g'ri muloqot o'rnatish va tajriba almashish muhimligini qayd etgan. Raqamli xavfsizlik, reklama shaffofligi, mas'uliyatli raqamli xulq-atvorni targ'ib qilish masalalariga alohida e'tibor qaratilgan.

Uchrashuv yakunlari bo'yicha o'zaro hamkorlikni davom ettirish va hamkorlikning muayyan yo'nalishlarini o'rganish bo'yicha kelishuvga erishilgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Oʻzbekistonda qirq mingdan ortiq fuqaro bir martalik nafaqa oldi'ning rasmi

    Jamiyat 07.10.2025 18:37

    Oʻzbekistonda qirq mingdan ortiq fuqaro bir martalik nafaqa oldi

    Fuqarolarga 47,9 milliard so‘m miqdorida pul mablag'i to‘langan.

    'O‘quvchilarning peshonasiga "2" qo‘ygan o‘qituvchi jazolandı'ning rasmi

    Jamiyat 07.10.2025 18:17

    ''ning rasmi

    Jamiyat 07.10.2025 17:27

    'Saida Mirziyoyeva Qoraqalpog‘istonga naga bordi?'ning rasmi

    Jamiyat 07.10.2025 11:19

    Saida Mirziyoyeva Qoraqalpog‘istonga naga bordi?

    Prezident Administratsiyasi rahbari Nukusda o‘tkazilayotgan tibbiy tashabbuslarda ishtirok etdi va mahalliy aholi salomatligi holati bilan tanishdi.

    'OFA terma jamoasi aʼzolariga BYD sovgʻa qilganligi uchun 340 ming AQSh dollari jarima toʻlaydi'ning rasmi

    Jamiyat 07.10.2025 11:16

    OFA terma jamoasi aʼzolariga BYD sovgʻa qilganligi uchun 340 ming AQSh dollari jarima toʻlaydi

    O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi Qatar bilan o'yindan so'ng maydonga avtomobil olib chiqib, AFC qoidalarini buzdi.

    'Senat Farg'onadagi maktab direktori bilan bog'liq holatni nazoratga oldi'ning rasmi

    Jamiyat 07.10.2025 09:00

    Senat Farg'onadagi maktab direktori bilan bog'liq holatni nazoratga oldi

    Jamiyatdagı bunday holatlar davlat idoralariga bo‘lgan ishonchga putur yetkazmasligi uchun parlament nazoratining ahamiyati katta ekani qayd etilmokda.