AsosiyDunyo

Ekvadorda prezident kortejiga yana hujum qilindi

Namoyishchilar toshbo'ron uyushtirdi, Prezident mashinasida o'q izlari aniqlandi.

'Ekvadorda prezident kortejiga yana hujum qilindi'ning rasmi

Ekvadorning Kanuar provinsiyasida Prezident Daniel Noboaning korteji yuzlab namoyishchilar tomonidan yana toshboron qilindi. Ekologiya vaziri Ines Manzanoning aytishicha, davlat rahbari suv tozalash inshooti ochilish marosimiga ketayotgan vaqtda taxminan 500 kishi kortejni o'rab olib, hujum qilgan.

Rasmiylarga ko'ra, prezident mashinasida o'q izlari aniqlangan. Holat bo'yicha kamida 5 kishi hibsga olingan va ularga "terrorizm" hamda "qotillikka sui-qasd" moddasi bo'yicha ayblov qo'yilishi kutilmogda.

Mamlakatda namoyishlar sentyabr oyidan beri davom etmogda. Ular hukumatning yoqilg'iga beriladigan subsidiyalarni bekor qilg'ani ortidan boshlandan.

    Boshqa yangiliklar