Joriy yilning 1 oktyabr kuni 22 yoshli o‘zbekistonlik bola Rossiyaning Arxangelsk shahrida qurilish ishlari davomida halok bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasining Sankt-Peterburg shahridagi Bosh konsulxonasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, usbu holat yuzasidan Bosh konsulxona tomonidan Rossiya Tashqi ishlar vazirligining Arxangelsk viloyatidagi vakolatxonasiga tegishli nota yuborilgan. Ma’lum bo‘lishicha, 2003 yilda Surxondaryo viloyati tug‘ilgan fuqaro N.S. "Korisa" turar-joy kompleksida olib borilayotgan qurilish ishlari davomida 5 qavatdan tushib ketib, vafot etgan.
Holat yuzasidan Arxangelsk shahri Solombal okrugi tergov bo‘limi tomonidan Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 216-moddasi 2-qismi bilan (qurilish yoki boshqa ishlarni bajarishda xavfsizlik qoidalarini buzish) jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va hozirda tergov harakatlari olib borilmogda. Usbu holat Bosh konsulxona nazoratiga olingan.