Toshkentda faoliyat yurituvchi advokat Piskentlik fuqaroga suddagi “tanishlari” orqali yordam berishni va’da qilib, undan 3700 dollar olayotgan vaqtda Davlat xavfsizlik xizmati hamda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari tomonidan ushlandi.
Unga Jinoyat kodeksining firibgarlik va pora olishga oid moddalari bilan ish qo‘zg‘atildi.
Xuddi shunday holat Surxondaryoda ham kuzatildi: Denovlik advokat fuqarodan jinoyat ishida yengil jazo tayinlash evaziga 60 million so‘m olayotganida qo‘lga olindi.
Unga nisbatan “qamoq” ehtiyot chora si qo‘llangan. Har ikki holat bo‘yicha tergov harakatlari dav etmoqda.