Ijtimoiy tarmoqlarda “Tuzel” bekati yaqinida metrobusga yo‘lovchilar sig‘mayotgani haqida tarqalgan xabarlar yuzasidan “Toshkent metropoliteni” DUK ma’muriyati rasmiy munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, video va fotosuratlararda aks etgan holat “Tuzel” metro bekati yaqin joylashgan umumiy jamoat transporti bekatlaridan birida kuzatilgan. Bu hududda metrobusdan tashqari yana 17 ta yo‘nalishda 186 ta avtobus qatnaydi.
Shu sababli, metro orqali harakatlanuvchi yo‘lovchilar ushbu nuqtadagi umumiy transport oqimining atigi 20 foizini tashkil etadi, deyiladi rasmiy bayonotda.
“Toshkent metropoliteni” jamoatchilikni holatga biryo‘qlama baho bermaslikka va faqat rasmiy, aniq manbalarga tayanib xulosa chiqarishga chaqirdi.