AsosiyJamiyat

Oʻzbekistonda aholini roʻyxatga olish qachondan boshlanishi aytildi

Ushbu jarayonda har bir fuqaro doimiy yoki vaqtincha yashash joyi bo‘yicha hisobga olinadi.

'Oʻzbekistonda aholini roʻyxatga olish qachondan boshlanishi aytildi'ning rasmi

Hukumat qarori bilan "O‘zbekistonda aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish tartibi to‘g‘risida"gi nizom tasdiqlandi. Unga ko‘ra, aholini ro‘yxatga olish 2026 yil 15 yanvardan 28 fevralgacha, 45 kun mobaynida o‘tkaziladi.

Ro‘yxatga olish 2026 yil 15 yanvar soat 00:00 dan boshlanadi. Ushbu jarayon davomida har bir respondent doimiy yoki vaqtincha yashash joyi bo‘yicha qayd etiladi. Bunda fuqarolar yashab turgan uy, xonadon yoki boshqa turar (noto‘g‘ri) joy yashash manzili sifatida qabul qilinadi.

Ro‘yxatga olish natijalarida 15 yanvardan keyingi o‘zgarishlar — ya’ni tug‘ilgan bolalar yoki mamlakatni tark etgan shaxslar — inobatga olinmaydi. Biroq ushbu sanada vafot etganlar haqida ma’lumotlar kiritiladi.

Aholi sonini aniklashda quyidagi toifadagi shaxslar hisobga olinmaydi:

mamlakat tashqarisida bir yildan ortiq vaqtdan beri bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolari;

xorijiy diplomatik vakolatxonalar va xalqaro tashkilotlar xodimlari hamda ularning oila a’zolari;

diplomatik immunitetga ega shaxslar.

Ro‘yxatga olish jarayoni "mahalla yettiligi" tizimi xodimlari orqali, planchetlar yordamida amalga oshiriladi. Bu haqdagı farmonni davlat rahbari 2025 yil sentyabr oyi oxirida imzolagani ma’lum.

    Boshqa yangiliklar