Jinoyat ishlari bo‘yicha Ohangaron shahar sudida 18 yoshli B.O. ismli yigitga nisbatan sud hukmi e’lon qilindi. U o‘ziga tegishli Instagram sahifasi orqali prezident tasviri ostiga haqoratli izoh qoldirgani uchun javobgarlikka tortildi.
Suddda aniqlishicha, yigitning yozgan izohi bo‘yicha sud-tilshunoslik va siyosatshunoslik ekspertizasi o‘tkazilgan va unda davlat rahbarining sha’ni va obro‘yini kamsituvchi fikrlar borligi aniqlangan.
Sud majlisida u aybini tan olib, izohni "oqibatini o‘ylamasdan" yozganini aytgan.
Sud uni Jinoyat kodeksining 158-moddasi 3-qismi (O‘zbekiston Prezidentining sha’niga tajovuz qilish) bilan aybdor deb topib, 2 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.