AsosiyJamiyat

Jizzaxdagi bog‘chada zaharlangan bolalardan 4 nafari shifokorlar nazoratida

Bolalar ombudsmani Jizzaxda bolalarning zaharlanishi yuzasidan o‘rganish ishlarini olib bordi va so‘nggi ma’lumotlarni taqdim etdi.

'Jizzaxdagi bog‘chada zaharlangan bolalardan 4 nafari shifokorlar nazoratida'ning rasmi

Avvalroq Jizzaxdagi bog‘chada bolalar zaharlangani haqida xabar bergan edik. Jizzax viloyatining Forish tumanida maktabgacha ta’lim muassasalarida tarbiyalanuvchilar o‘rtasida qayd etilgan ommaviy zaharlanish holati yuzasidan tergovgacha qadar tekshiruv ishlari davom etmoqda.

Bolalar ombudsmani instituti vakillari voqea joyiga borib, tuman tibbiyot birlashmasida davolanayotgan bolalar holatini o‘rgandi. 10 oktyabr holatiga ko‘ra, to‘rt yoshdan olti yoshgacha bo‘lgan to‘rt nafar bola shifokorlar nazoratida qolmoqda. Ularning ahvoli barqaror, zarur tibbiy yordam ko‘rsatilayotgani ma’lum qilindi.

Tashrif davomida ombudsman ota-onalar, tibbiyot xodimlari hamda mas’ul mutasaddidlar bilan uchrashib, bolalarning davolanish jarayoni va holati yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot oldi.

    Boshqa yangiliklar