Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori birinchi o‘rinbosari Shahnoza Mirziyoyeva 11 oktyabr kuni o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi murojaatida mushukning yo‘qolib qolgani, mazkur mushuk oila uchun, ayniqsa, kichik qizi Raniya uchun juda qadrli ekanligini yozib qoldi.
“Bu mushuk bizning oila a’zomizdek bo‘lib qolgan. Farzandlarim bilan birga ulg‘aydi. Biz barcha atrofni ko‘zdan kechirdik, e’lonlar ilindik, ammo hozircha natija yo‘q. Uni topish uchun har qanday yordamni qadrlaymiz”, — deb yozdi Mirziyoyeva.
Mushuk Toshkent shahrining Qorasuv-1 mahallasi, “Lunacharskiy” hududida yo‘qolgan bo‘lib, hozirda oila uni izlashni davom ettirmoqda.
Shahnoza Mirziyoyeva mushukning topilishida jamoatchilikdan yordam so‘ragan.