Myanmada nooddiy jinoyat sodir etildi — erkak 9 kun davomida tunnel qazib, zargarlik do‘koniga kirib katta miqdordagi tilla taqinchoqlarni o‘g‘irlab chiqdi. Ushbu voqea haqida Shin Chew Daily nashriga tayangan holda Focus.ua xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, jinoyatchi kunduzlari avtoyuvish shoxobchasida ishlagan, kechalari esa yer ostida ish olib borgan.
U qariyb 4 kg tilla buyumlarni o‘g‘irlagan bo‘lib, ularning umumiy qiymati yuzlab million grivnaga baholanmoqda.
Politsiyaga ko‘ra, u do‘kon yaqinidagi yerosti kommunikatsiyalarini o‘rganib chiqqach, ushbu jinoyiy rejani amalga oshirishga qaror qilgan. Erkakning aytishicha, u tunnel qazishni "aniq va xavfsizroq usul" deb hisoblagan.
O‘g‘irlangan tillaning bir qismi — taxminan 551 gramm allaqachon sotib yuborilgan. Ammo jinoyatchi bitimdan uch kun o‘tib politsiya tomonidan qo‘lga olingan.