AsosiyJamiyat

Toshkentda 4-sinf qiz 5 ta bola tomonidan kaltaklanganiga rasmiy izoh berildi

Bildirilishicha, holat Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan nazoratga olingan.

'Toshkentda 4-sinf qiz 5 ta bola tomonidan kaltaklanganiga rasmiy izoh berildi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahridagi 300-umumta’lim maktabi o‘quvchilarining maktab binosi ichida urishib qolgani tasvirlangan video tarqalgan edi. Holat yuzasidan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi rasmiy munosabat bildiradi.

Qayd etilishicha, holat 20 sentyabr kuni bo‘lib o‘tgan. Maktabning 4-sinf o‘quvchisi I.A va sinfdosh o‘g‘il bolalar o‘rtasida darsdan so‘ng dahonaki nizo orqasidan janjal kelib chiqqan.

Maktab ma’muriyati bu holat yuzasidan hududiy profilaktika inspektori va maktabga biriktirilgan inspektor psixologlarga xabar bergan.

O‘rganish natijalariga ko‘ra, I.A bilan janjallashgan o‘quvchilar — I.A va E.J ota-onalari MJtKning 47-moddasi bilan ma’muriy javobgarlikka tortilgan.

Shuningdek, bu kabi holatlarga qayta yo‘l qo‘ymaslik maqsadida ota-onalar bilan yig‘ilish o‘tkazilib, tushuntirish ishlari olib borildi hamda maktab direktori va mas’ullarga intizomiy chora ko‘rildi.

    Boshqa yangiliklar