AsosiyDunyo

Pokiston va Afg‘oniston o‘rtasida keskinlik kuchaydi

Ikki davlat o'rtasidagi 2600 kilometr uzunlikdagi chegara chizig'idagi barcha o'tish punktlari vaqtincha yopilgan.

'Pokiston va Afg‘oniston o‘rtasida keskinlik kuchaydi'ning rasmi

Pakistan Islom Respublikasi Afg‘oniston bilan chegaradagi keskin vaziyat fonida o‘z harbiy kuchlarini yuqori jangovar tayyorgarlik holatiga keltirdi.  Ikki davlat o‘rtasidagi 2600 kilometr uzunlikdagi chegara chizig‘idagi barcha o‘tish punktlari vaqtincha yopilgan, transchegaraviy savdo esa to‘xtatilgan. Bu haqda “Zamon.uz” xabar berdi. Ma’lum qilinishicha, bu qaror o‘tgan hafta oxirida sodir bo‘lgan qurolli to‘qnashuvlardan so‘ng qabul qilingan. Afg‘oniston Mudofaa vazirligi matbuot kotibi Enayatulloh Xovarazmiy esa vaziyatni izohlarkan, “Pakistan tomoni Afg‘oniston hududiy yaxlitligini yana buzishga urinsa, bizning qurolli kuchlarimiz qat’iy javob qaytarishga tayyor”, — deya bayonot berdi. Avvalroq, 11 oktyabr kuni Afg‘onistonning Hilmand viloyatida o‘t almashinuvi boshangan, so‘ngra Afg‘oniston havo kuchlarining Pakistanning Lohur shahriga zarba bergani haqida xabarlar tarqalgan edi. TOLO News ma’lumotiga ko‘ra, to‘qnashuvlarda kamida 58 nafar pokistonlik askar halok bo‘lgan. Islomobod esa o‘z navbatida 200 nafar jangari yo‘q qilingani, 19 ta terror ob’ekti nishonga olingani va Afg‘onistonda Pakistanga hujum uyushtirgan ekstremistlarga yordam ko‘rsatgan tank batal’oni shtabidan zarba berilganini ma’lum qildi.

    Boshqa yangiliklar