Toshkent shahri va viloyatida narkotik moddalar savdosi bilan bog‘liq ikki holat fosh etildi. DXX va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar o‘tkazgan tezkor tadbirlar davomida ichki ishlar xodimi o‘z xizmat xonadonida yashirin narkolaboratoriya tashkil etgani aniqlandi.
Tekshiruv davomida 10,5 kilogramm “Alfa-PVP”, 4 gramm “spays” va ularni tayyorlash uchun mo‘ljallangan uskunalar topildi. Shuningdek, inspektorning Toshkent tumanidagi uyida 430 gramm “Alfa-PVP” yerga ko‘milgan holda yashirligani ma’lum bo‘ldi.
Surishtiruvga ko‘ra, u “Telegram” orqali faoliyat yurituvchi narkotarmoq bilan hamkorlik qilib, kontrabanda yo‘li bilan keltirilgan sintetik moddalarni tayyorlash va tarqatish bilan shug‘ullangan.
Yana bir holatda esa Angrenada yashovchi ikki yosh yigit 971 gramm “Katinon” moddasi bilan ushlandi. Ular “zakladka” yo‘li orqali giyohvandlik vositalarini sotib, daromad topmoqchi bo‘lishgan.
Har ikki holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan ish qo‘zg‘atildi. Gumondorlar 10 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.