AsosiyDunyo

20 dan ortiq davlat yetakchilari urushga rasman nuqta qo‘ydi

Misrning Sharm-esh-Sheyx shahrida o‘tkazilgan xalqaro sammitda qanday kelishuvlar amalga oshirildi?

'20 dan ortiq davlat yetakchilari urushga rasman nuqta qo‘ydi'ning rasmi

Sammittda ishtirok etgan davlatlar Gazodagi urushni tugatish va mintaqani qayta tiklashga oid muhim qadamlarni belgiladi.

AQSh Prezidenti Donald Trump bu kuni Yaqin Sharq va butun dunyo uchun "tarixiy tong" deb atadi. Biroq HAMAS va Isroil bosh vaziri Netanyahu sammittda ishtirok etmadi.

Kelishuvga ko'ra, Isroil qo'shinlari Gazo hududlaridan bosqichma-bosqich chiqib, falastinliklar o'z uylariga qaytishi uchun sharoyit yaratadi.

Shu bilan birga, HAMASni qurolsizlantirish va Gazoni barqaror boshqirish bo'yicha keyingi muzokaralar davom etadi. Mintaqani tiklash uchun 53 milliard dollar zarurligi ta'kidlandi, Misr esa noyabrdda moliyaviy konferensiya o'tkazishni rejalashtirmoqda.

Shuningdek, 20 nafar Isroil garovdagilari HAMASdan ozod qilinib, uyiga qaytarildi. Isroil esa 2 mingga yaqin falastinlik mahbusni ozod qilish ustida ishlamoqda.

Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Layen kelishuvni "butun dunyo uchun yengillik" deb baholadi va tinchlik rejasini qo'llab-quvvatlashini bildirdi. Sammittda 20 dan ortiq jahon yetakchilari, jumladan Buyuk Britaniya bosh vaziri Kir Starmer va Germaniya kansleri Fridrix Merts ishtirok etdi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'NATO rahbari Rossiyaning suvosti kemasini "mazax qildi"'ning rasmi

    Dunyo Bugun 11:37

    ''ning rasmi

    Dunyo Bugun 10:27

    'Madagaskar prezidenti mamlakatdan qochib ketdi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 09:43

    Madagaskar prezidenti mamlakatdan qochib ketdi

    Xo'sh, bunga nima sabab bo'lgan?

    '"Z avlod" nima "bosh ko‘taryapti"?'ning rasmi

    Dunyo Bugun 01:53

    "Z avlod" nima "bosh ko‘taryapti"?

    Marokashdan to Peru, Nepal va Madagaskargacha dunyoning turli burchaklarida yoshlar norozilik namoyishlariga chiqmoqda.

    'Bugun ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin'ning rasmi

    Dunyo Bugun 01:43

    Bugun ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin

    Respublikaning ayrim hududlarida harorat 34 daraja issiq bo'ladi.

    ''ning rasmi

    Dunyo 13.10.2025 22:25