U Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashishi va ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qilishi kutilmogda.
Bugun, 15 oktyabr kuni Suriya muvaqqat prezidenti Ahmad ash-Shara rasmiy tashrif bilan Moskvaga boradi. "Syria TV" xabariga ko‘ra, u tashrif doirasida Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashadi.
Uchrashuvda Tartusdagi harbiy-dengiz bazasi va Xmeymimdagi havo bazasi faoliyatini davom ettirish masalalari muhokama qilinishi kutilmogda. Shuningdek, ash-Shara Rossiyadan Suriyadagi harbiy jinoyatlarda ayblanayotgan sobiq prezident Bashar Asadni xalqaro sudga topshirishni rasman so‘rashi mumkin.
12 sentyabr kuni Ahmad ash-Shara Suriyaning Rossiya bilan tarixiy aloqalarini saqlab qolishga intilayotganini, shu bilan birga AQSH va G‘arb davlatlari bilan ham munosabatlarni yaxshilashga erishganini ta’kidlagan edi.