AsosiyJamiyat

Habib Nurmagomedov "Jar" sport majmuasiga tashrif buyurdi

U Otabek Umarov hamrohligida aralash jang san'ati bo'yicha tayyorgarlik jarayonlari bilan tanishdi va o'z tavsiyalarini berdi.

'Habib Nurmagomedov "Jar" sport majmuasiga tashrif buyurdi'ning rasmi

Jahonga mashhur aralash jang san'ati ustasi, UFCning sobiq chempionlaridan biri Habib Nurmagomedov kecha Toshkentga tashrif buyurib, O‘zbekiston Aralash jang san'ati assotsiatsiyasi faoliyati bilan tanishdi. Tashrif doirasida u Ichki ishlar vazirligi huzuridagi "Jar" sport majmuasiga bordi.

U yerda Nurmagomedovni assotsiatsiya raisi Aziz Tashpulatov, Otabek Umarov, MOQ rahbariyati, murabbiylar va sportchilar kutib olishdi. Uchrashuvda aralash jang san'atini rivojlantirish, xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, musobaqalar tashkil etish va mutaxassislar malakasini oshirish masalalari muhokama qilindi.

Habib sportchilarni tayyorlash bo‘yicha shaxsiy tajribasi bilan o‘rtoqlashib, O‘zbekistonda sport salohiyati yuqori ekanligini ta'kidladi:

"Agar o‘zbek yoshlariga to‘g‘ri yo‘nalish berilsa, aralash jang san'atida ham dunyoda yetakchi bo‘lishlari mumkin", — dedi u.

Tashrif yakunida Nurmagomedov yosh sportchilar bilan uchrashib, motivasion nutq so‘zladi va ularga amaliy maslahatlar berdi.

    Boshqa yangiliklar