AsosiyJamiyat

Qashqadaryoda haydovchi piyodani urib yubordi

Buning ortidan jabrlanuvchi shifoxonaga yetkazildi.

'Qashqadaryoda haydovchi piyodani urib yubordi'ning rasmi

Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanida Cobalt haydovchisi boshqa mashinani quvib o‘tishga uringan paytda boshqaruvni yo‘qotib, qarshilash yo‘nalishiga chiqib ketdi va piyodani urib yubordi.

Hodisa 14 oktyabr kuni sodir bo‘lgani ma’lum qilindi. Jabrlangan fuqaro turli tan jarohatlari bilan Kitob tuman tibbiyot birlashmasiga etkazilgan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari boshlandi.

    Boshqa yangiliklar